15:11 / 03.12.2015
6675

Dovudo‘g‘li Rossiyaning ayblovlarini Sovet davri propagandasiga o‘xshatdi

Turkiya bosh vaziri Ahmat Dovudo‘g‘li Rossiyaning Anqara neft savdosida IShID bilan hamkorlik qilayotgani borasidagi ayblovlari Sovet davri propagandasini eslatib yuborayotganini aytdi.

“Sovuq urush yillarida Sovet propagandasi mashinasi ishlardi. Har kuni u yolg‘on yaratardi. Birinchi navbatda, ular bu yolg‘onga o‘zlari ishonib, butun dunyo ham ishonishini kutardi”, - uning so‘zlarini keltiradi Reuters agentligi.

Dovudo‘g‘li Rossiyaning targ‘ibotiga hech kim e'tibor qaratmayotganini alohida ta'kidladi.

Top