14:23 / 03.12.2015
6434

Ekspert: iqlim o‘zgarishlari O‘zbekistonda havoning g‘ayrioddiy isib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin

Oxirgi paytlarda to‘plangan ma'lumotlar global iqlimiy o‘zgarishlar O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmaganini ko‘rsatmoqda. Bu haqda “O‘zgidromet” bo‘lim boshlig‘i Raisa Taryannikova ma'lumot berdi.

“O‘zgidromet” ma'lumotlari O‘zbekistonda ham iqlim o‘zgarishlari o‘z ta'sirini ko‘rsatayotganini isbotlamoqda, - uning so‘zlarini keltiradi “Darakchi” gazetasi. – 2016 yil uchun taxminiy prognozlar yaqinda ekspertlar muhokamasiga topshiriladi. So‘nggi yuz yillik kuzatishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, birgina Toshkent shahrida o‘rtacha yillik harorat 1.7 darajaga oshgan. Ayni paytda sayyoramiz miqyosida bu ko‘rsatkich 0.7-0.8 darajani tashkil qiladi. iqlim o‘zgarishlari bo‘yicha hukumatlararo ekspertlar guruhi xulosasiga ko‘ra, asosiy xavf O‘zbekistonda havo haroratining keskin isib ketishi bilan bog‘liq”.

“G‘ayrioddiy issiq mavsumlar keyinchalik qurg‘oqchilikka sabab bo‘lishi mumkin”, - xulosa qildi mutaxassis.

Top