21:13 / 03.12.2015
1985

FIFA prezidenti o‘z vazifasida faqat 12 yil ishlay olishi bo‘yicha taklif ma'qullandi

FIFA ijro qo‘mitasi islohot qo‘mitasi tomonidan berilgan, tashkilot prezidenti bu vazifada faqat 12 yil ishlashi mumkinligi bo‘yicha taklifini ma'qulladi. Bu haqda FIFA rasmiy saytida ma'lumot berilgan.

Unga ko‘ra, prezidentlik vakolatining maksimal muddati to‘rt yildan 3 martagacha qilib belgilanadi.

Aynan shunday cheklov FIFA kengashi a'zolari va boshqa organlar xodimlariga ham tegishli bo‘lishi mumkin.

Top