12:53 / 03.12.2015
2540

Serbiya bosh vaziri Stiven Sigaldan serbiyalik politsiyachilarga aykidoni o‘rgatishni so‘radi

Serbiya bosh vaziri Aleksandr Vuchich mashhur aktyor Stiven Sigaldan mahalliy politsiyachilarga aykido jang san'ati sirlarini o‘rgatishini so‘ragan. Bu haqda Daily Mail xabar tarqatgan.

63 yoshli aktyor aykido bo‘yicha qora belbog‘ sohibi hisoblanadi. Vazir Sigal bilan Belgradda uchrashib qolgan vaqtida shu masala bo‘yicha murojaat qilgan.

"Qachonki, bunday taniqli shaxs Serbiyaga kelib, mamlakatimiz va xalqimizni yoqtirishini ma'lum qilar ekan, biz uni yana kutishimizni bildiramiz", degan Belgrad shahri meri Sinisha Mali.

Qayd etilishicha, Sigal Serbiyaga 3 kunlik tashrifi vaqtida "Bratya Karich" kompaniyasi tomonidan insonparvarlik ishlaridagi ko‘rsatgan xizmatlari uchun orden bilan taqdirlangan.

Aktyor bunday mukofotni (Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ham berilgan) qabul qilib olishdan faxrda ekanini bildirgan.

Biroz oldinroq, Stiven Sigal Rossiyaning Saratov shahrida aykido bo‘yicha master-klass o‘tkazgani xabar qilingandi.

Top