16:49 / 03.12.2015
9015

«Uzuklar hukmdori» filmi rejissyori Erdo‘g‘anni Gollumga o‘xshatgan turkiyalikni himoya qilib chiqdi

«Uzuklar hukmdori» filmi rejissyori Piter Jyekson va ssenariy muallifi Fren Uolsh hamda Filipp Boyyens Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anni film qahramoni Jyekson Gollumga (filmga asos bo‘lgan personaj - Jon Tolkiyen asaridagi qahramon Smeagol) o‘xshatgani uchun ikki yilga qamalishi mumkin bo‘lgan turk shifokori Bilgina Chifchini himoya qilib chiqdi.

«Agar gap rostan ham faqatgina surat haqida ketayotgan bo‘lsa, biz qat'iy ta'kidlaymiz: u yerdagilarning hech birida Gollum yo‘q. Bularning barchasi — qahramon Smeagolning surati», — deyiladi bayonotda.

«Smeagol — quvnoq, yoqimtoy personaj. U hech kimni aldamaydi, hech kimga xiyonat qilmaydi hech kimga yomon ta'sir o‘tkazishga harakat qilmaydi. U Gollumaga tegishli bo‘lgan xususiyatlar – yomon, ikkiyuzlamachi, jahldor emas. Uni Smeagol bilan tenglashtirib bo‘lmaydi», — deya yozadi Uolsh.

Chifchining himoyachilari so‘zlariga ko‘ra, Smeagol kabi ijobiy qahramonga o‘xshatish sudda uning foydasiga ishlashi mumkin.

Oldinroq turk sudi Erdo‘g‘an rostan ham haqorat qilinganmi yo‘qmi, shuni aniqlash maqsadida film bilan yaqindan tanishish uchun mutaxassislar guruhini yollagani haqida xabarlar tarqatilgandi.

Top