15:26 / 04.12.2015
8731

2016 yilda mikrofirmalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi 6 foizdan 5 foizga pasaytiriladi

2016 yilda xizmatlar sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasining 6 foizdan 5 foizga pasaytiriladi. 2015 yil 3 dekabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to‘rtinchi yalpi majlisida bu haqda ma'lum qilindi.

Unga ko‘ra, 2016 yilda xizmatlar sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasining 6 foizdan 5 foizga pasaytirilishi 2012-2016 yillarda O‘zbekiston Respublikasida xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturida nazarda tutilganidek, mazkur sohaning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 54,5 foizdan 55,5 foizga ko‘paytirish imkonini beradi.

2016 yilga mo‘ljallangan soliq-byudjyet siyosati ishlab chiqarishni yanada modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, shuningdek, yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini, agrosanoat majmuasini jadal rivojlantirish, eksport o‘sishini ta'minlash, mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan.

Top