18:36 / 04.12.2015
9072

Buxoroda oilaviy juftlikning qotili qidirilmoqda

Buxoro viloyatida huquqni muhofaza qilish organlari Foshun aholi punktida ikki qotillikka aloqador jinoyatchini qidirmoqda. R.Hamroyev va N.Safarova jinoyatchining qurboniga aylanishdi, deya yozmoqda “Vostochnyy ekspress” nashri viloyat IIB matbuot xizmati xabariga asoslangan holda.

Tezkor ma'lumotlarga ko‘ra, mazkur qotillik ishi 1 dekabrdan 2 dekabrga o‘tar kechasi sodir etilgan. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97- modda 2- bandi (“og‘irlashtiradigan holatda qasddan qotillik sodir etish”) yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ayni paytda tezkor-qidiruv tadbirlari olib borilmoqda.

Top