16:20 / 04.12.2015
4110

Khaosod: IShIDning 10 jangarisi Tailandga oktabrdayoq kirib olgan

Shu yilning oktabr oyidayoq IShIDning 10 nafar jangarisi Tailand hududiga kirib, u yerda Rossiyaga hujumlarni rejalashtirmoqda, deb yozadi Tailandning Khaosod gazetasi.

Nashrda ko‘rsatilishicha, Tailand politsiyasi Rossi Federal xavfsizlik xizmatidan bildirgi olgan. Hujjatda oktabr oyida 10 nafar IShID a'zosi qirollik hududiga o‘rnashib olgani ko‘rsatilgan. 4 nafar jangari Patayyaga, 2 nafar Pxuket oroliga, 2 nafari Bangkokka yo‘l olgan. Yana 2 jangarining turgan o‘rni ma'lum emas.

Rossiya Tailandga xavfsizlik choralarini oshirishni hamda IShIDga qarshi koalitsiya a'zolari bo‘lmish AQSh, Fransiya, Belgiya, Germaniya, Avstraliya va Buyuk Britaniya bilan aloqador hududlarni nazorat ostiga olishni tavsiya qildi.

Patayya va Pxuketda ko‘p miqdordagi rus jamoasi istiqomat qiladi. Shuningdek, bu yerlarga Rossiyadan tez-tez turistlar kelib turadi.

Top