18:16 / 04.12.2015
5549

OAV: Olmaotaliklar o‘z shaharlarida to‘yib nafas ololmayapti

Yaqinda olmaotalik faollar shahar havosining ifloslanganlik darajasini kuzatishga imkon beradigan Almaty Urban (AUA) ilovasi haqida bilib olishdi. Ular o‘z shaharlarining havosini tekshirib ko‘rib, dahshatga tushishdi: ko‘rsatkichlar shu darajada yomon ediki, ilova shaharliklarga shunchaki o‘lib qo‘ya qolishni tavsiya qildi.

“Olmaotadagi toza havoning ahvoli haqida qisqacha”, - deb yozdi Nikita Bayev ismli shaxs Facebook’dagi sahifasida va uning ostida ilovadan skrinshot keltirdi.

RM10 10 mikrometrdan kichikroq zarralar bo‘lib, ular inson o‘pkasiga qiyinchiliksiz kira va unda to‘plana oladi. Ularning havoda ko‘p bo‘lishi inson sog‘lig‘iga jiddiy zarar keltirishi mumkin.

Keltirilgan skrinshotda bunday zarralar konsentratsiyasi 440ni tashkil qilgan. Bu me'yordan 10 barobar ko‘proqdir. Bundan havoda nima qilish kerak, degan savolga ilova quyidagicha javob berdi: “Yo uyda qoling, yo o‘ling”.

Keyinchalik bunday skrinshotlar ijtimoiy tarmoqlarda ko‘payib ketdi. Bunday o‘ziga xos flesh-mobdan ma'lum bo‘ldiki, shaharning turli hududlarida shunga yaqin ko‘rsatkich hukm surmoqda ekan.

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari bu ma'lumotlarni olganidan so‘ng Almaty Urban SOS guruhini yaratishdi. Bu guruhda to‘plangan ma'lumotlar asosida “Qozog‘iston Respublikasi fuqarolari Olmaotani va uning aholisini rejali qirg‘indan saqlashni talab qiladi” petitsiyasini ochib, uni shahar hokimi Bourjon Boybekka va maslahat deputatlariga yo‘llandi. Shuningdek, shahar hokimiyati saytiga bir nechta murojaat yo‘llandi. Ammo, ta'kidlanishicha, hozircha bu borada biror rasmiy javob olingan emas.

Top