22:23 / 04.12.2015
6818

Osiyo taraqqiyot banki prognozi: O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishi 2016 yilda 3,7 foizni tashkil qiladi

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Markaziy Osiyoning 5 ta davlati iqtisodiyotining 2015 yildagi umumiy o‘sishi prognozini 3,2 foizgacha kamaytirdi. Sentyabrdagi prognoz 3,3 foiz qilib belgilandi. Bu haqda OTBning O‘zbekistondagi vakolatxonasi xabarida ma'lum qilindi.

OTBning Asian Development Outlook ma'ruzasidagi ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston uchun 2016 yildagi o‘sish kutilayotgan 4,2 foiz o‘rniga 3,7 foiz qilib belgilandi.

Bank ekspertlarining fikricha, jahon bozorlarida xom ashyo mahsulotlari, jumladan neft va gazga past narxlarning saqlanib qolishi hamda Rossiya iqtisodiyoti tiklanishining past sur'atlari Markaziy Osiyo davlatlariga ta'sir ko‘rsatadi.

Xususan, Rossiyadan pul o‘tkazmalarining qisqarishi tufayli O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistondagi ichki iste'mol darajasi ham pasayadi.

Top