09:36 / 04.12.2015
3202

Osiyodagi eng yetakchi kasalxonalardan birida 170 bola silni yuqtirib olgan bo‘lishi mumkin

Singapurdagi Milliy universiteti shifoxonasi (NUH) 178 nafar sobiq bemorini qaytadan chuqurroq tekshiruvdan o‘tkazish lozimligi haqida e'lon qildi. Ularning aksariyati ikki yoshdan oshmagan. Straits Times nashrining yozishicha, bir necha oy davomida bo‘limlardan birida hamshira bo‘lib ishlagan ayol sil kasalligiga chalingan ekan.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, xavf guruhida turli ichki a'zolar, jumladan, jigarini transplantatsiya qilish bo‘yicha jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan bir qancha bolalar bor. O‘z navbatida, pediatriya bo‘limi boshlig‘i Daniel Goning fikricha, infeksiyani yuqtirish ehtimoli juda past, hamshira doimo niqob taqib yurgan”. Biroq u shunday bo‘lsada kasallanishning har qanday ehtimolini bartaraf etish kerakligini aytib o‘tdi. Tibbiyot muassasasi rahbari Jo Sim esa yosh bemorlar ota-onasining moddiy ahvoliga ko‘ra shifoxona mazkur masala yuzasidan har qanday yordamni bepul ko‘rsatadi.

Nomi oshkor qilinmagan hamshirada 2015 yil iyul oyidan buyon yo‘tal kuzatilgan. U yengil lohaslikdan shikoyat qilgan, berilgan dori vositalari esa ahvolini qisman yaxshilagan xolos. Rentgent ham hech qanday jiddiy kasallik borligini ko‘rsatmagan. Faqatgina yaqinda chuqur tekshiruvlardan keyin unga sil tashhisi qo‘yildi.
Singapur Milliy universiteti shifoxonasi Osiyodagi eng yaxshi va taniqli tibbiyot muassasalaridan biri hisoblanadi.

Top