09:15 / 04.12.2015
2640

Pentagon rahbari qurolli qo‘shinlarda ayollar xizmatida mavjud cheklovlarni olib tashladi

AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter mamlakat qurolli kuchlarida xizmat qilishning hech qanday jinsiy cheklovlari bo‘lmasligini, endi xotin-qizlar ham istalgan bo‘linmalarida xizmat qilishlari mumkinligini ma'lum qildi.

"Faqatgina ularning harbiy harakatlarda ishtirok etishi bo‘yicha taqiq o‘z kuchida qoladi ", - deb eslatib o‘tdi Karter. Ayni damda AQSh qurolli kuchlarida xotin-qizlar piyoda qo‘shin, razvedka, zirhli tankli qo‘shinda va maxsus xizmat tarkibida xizmat qila olishmaydi.

Karterning ta'kidlashicha, xotin-qizlar mamlakatning teng yarmini tashkil etadi va mudofaa vazirligi bundan ko‘z yuma olmaydi. "Biz mamlakatning teng yarmini tashkil etuvchi bu iste'dodlarga befarq bo‘la olmaymiz”, - dedi u

Top