10:13 / 04.12.2015
6204

Pentagon rahbari: Turkiya IShIDga qarshi kurashda ko‘p ish qilishi kerak

Turkiya IShID terrorchilik tashkilotiga qarshi ko‘proq ish qilishi kerak. Bu haqda jurnalistlarga AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter aytib o‘tgan.

"Turkiya – bizning koalitsiyamiz a'zosi va biz bilan ishlaydi. Biz u koalitsiyadagi boshqa a'zolar singari Suriya va Iroqda ko‘proq harakatlar olib borishini istaymiz”, — dedi Karter.

U Vashington Turkiyadan aynan qanday harakatlar kutayotganiga oydinlik kiritmagan. "O‘ylaymizki, ular ko‘proq ish qilishadi. Bu harbiylarga, razvedka xizmatiga, chegara xizmatiga va ichki xavfsizlik xizmatiga taalluqlidir”, — dedi Pentagon rahbari.

Top