18:17 / 04.12.2015
4308

Rossiya IIV politsiya avtomobilini o‘qqa tutganlar haqidagi ma'lumot uchun 1 mln rubl mukofot va'da qildi

Rossiya IIV Sankt-Peterburg shahrida politsiya mashinasini o‘qqa tutib, politsiyachilarni o‘ldirgan jinoyatchilar haqidagi ma'lumot uchun 1 mln rubl miqdoridagi mukofot e'lon qildi. Bu haqda "Fontanka" xabar tarqatdi.

Xabarda aytilishicha, jinoiy qidiruv ishlari boshqarmasi guvohlardan, hodisa vaqtida shu atrofda bo‘lgan yo‘lovchilar va yo‘ldagi haydovchilardan o‘z bilganlari haqida aytib berishni so‘raydi.

Nashrda yozilishicha, jinoyatchilar haqidagi to‘liq ma'lumot uchun 1 mln rubl miqdoridagi mukofot puli va'da qilingan.

Biroz oldinroq, Sankt-Peterburgning Krasnogvardeyskiy tumanida politsiya avtomobilini o‘qqa tutib, uni yoqib yuborgan jinoyatchilar bilan bog‘liq jinoiy ish ochgani xabar qilingandi.

Top