07:50 / 04.12.2015
12172

Lavrov Erdo‘g‘anning Rossiya IShIDdan neft sotib olishi haqida aytgan so‘zlariga “O‘g‘rining qalpog‘i ham yonadi” deb javob berdi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Turkiya prezidentining Rossiya fuqarosining IShIDdan neft sotib olishga aloqadorligi borligi haqidagi aytgan so‘zlariga “O‘g‘rining qalpog‘i ham yonadi”, ya'ni jinoyatchi o‘z qilg‘ilig‘ini o‘zining xatti-harakatlari bilan oshkor qiladi, deb izoh berdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.  

Avvalroq Turkiya prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an Rossiyaga qarshi ayblovlar bilan chiqdi va Rossiyaning o‘zi go‘yoki IShIDdan neft sotib olishga aloqadorligi borligini aytdi. Erdo‘g‘anning aytishicha, IShIDdan neft sotib oluvchilardan biri Rossiya pasportiga ega suriyalik tadbirkor Jorj Hasvaniy ismli shaxs hisoblanadi.

“Men bu bayonotni eshitmadim, biroq bu bayonot neft bilan noqonuniy savdo haqidagi axborot media hududga tushgandan keyin, biz aniq dalillarni keltirganimizdan keyin bir necha kunlar o‘tib aytilayotgani g‘alatidir. Bilmadim. Bu holatda faqatgina qalpoq haqidagi maqol esga kelishi mumkin, boshqa hech narsa esga kelmaydi”, deb aytdi Lavrov.

Avvalroq Erdo‘g‘an agar Anqara IShIDdan neft sotib olayotganining isbotlari keltirilsa, iste'foga ketishini aytgandi.

Top