17:55 / 04.12.2015
5214

Saakashvili Gruziya fuqaroligidan mahrum etildi

Gruziya prezidenti Georgiy Margvelashvili mamlakatning sobiq prezidenti Mixail Saakashvilining Gruziya fuqaroligidan mahrum qilish bo‘yicha farmoyishga imzo qo‘ydi. Bu haqda mamlakat rahbari matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

May oyida Mixail Saakashvili rasmiy ravishda ukrain fuqaroligini qabul qilgandi. Shundan so‘ng u Odessa viloyati gubernatori etib tayinlangan.

Kuni kecha mamlakat Adliya vazirligi Saakashvilini fuqarolikdan chiqarib tashlash bo‘yicha prezidentga murojaat qilgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

Iyul oyida Saakashvili Gruziya fuqaroligini rad etgandi. Gruziya prezidenti Georgiy Margvelashvili bunday harakatni «mamlakatga tahdid qilish» deya baholagandi.

Top