18:27 / 05.12.2015
5553

1 kun ichida Afg‘oniston hududida IShIDning 30 nafar a'zosi o‘ldirildi

IShIDning 30dan ortiq jangarisi Afg‘oniston sharqidagi Nanganhor viloyati hududida o‘tkazilgan maxsus harbiy amaliyot natijasida o‘ldirildi. Bu haqda mahalliy Khama Press agentligida xabar berilgan.

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, maxsus amaliyot Achin tumani hududida olib borilgan. Janglar vaqtida 4 nafar hukumat askari jarohat olgan.

Afg‘onistondagi vaziyat oxirgi oylarda anchagina yomonlashgan. Avval mamlakatning tog‘li hududlarida kattagina yerlarni egallab olgan “Tolibon” yirik shaharlarga hujum qilishni boshlagan. Sentyabr oxirida “Tolibon” jangarilari 300 mingdan ko‘proq aholiga ega Qunduz shahrini bosib olgan, hozirda esa G‘azna viloyatining ma'muriy markazi hisoblangan G‘azna shahriga hujumlar olib bormoqda.

Top