09:31 / 05.12.2015
7860

Bag‘dod Turkiya harbiylari o‘z hududidan zudlik bilan chiqib ketishini talab qildi

Iroq hukumati turkiyalik harbiylar mamlakat hududidan zudlik bilan chiqib ketishini talab qildi. Reyter agentligida xabar berilishicha, Iroq bosh vaziri ofisidagilar mamlakat shimolida "bir batalon paydo" bo‘lib, Iroq suverenitetini buzganidan xabardor bo‘lishgan.

Iroq TIV ma'lumotida aytilishicha, mamlakat hududidagi har qanday harbiy amaliyot Iroq hukumati roziligi bilan amalga oshirilishi kerak. Mahalliy televideniyeda qilingan murojaatda bu hodisa "mamlakat hududiga xorij armiyasi bostirib kirishi" sifatida qabul qilinishi mumkinligi aytilgan.

Bundan oldinroq, Turkiya harbiylari Iroq shimolidagi Mosul shahri yaqinida IShIDga qarshi kurash doirasida harbiy mashg‘ulot o‘tkazishni boshlagani xabar qilingandi. Mosul 2014 yilning yozidan buyon IShID qo‘lida qolmoqda.

Turkiya tomoni bu mashg‘ulotlar orqali kurdlarning IShIDga qarshi kurashayotgan harbiy bo‘linmalari harbiy tayyorgarlikdan o‘tkazilishi haqida aytgan.

Pentagon ham bu hodisaga o‘z munosabatini bildirgan va Turkiyaning harakati AQSh boshchiligidagi koalitsiya doirasidan tashqarida ekanini ma'lum qilgan.

Top