11:17 / 05.12.2015
6011

Bosh prokuraturaning Murojaatlarni kechayu kunduz qabul qiluvchi markazi telefonlariga 19 mingdan ziyod murojaat kelib tushdi

2015 yil 4 dekabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to‘rtinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirdi. Bu haqda Senat Axborot xizmati xabar qildi.
Yalpi majlisning ikkinchi kunida senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolar va tadbirkorlik sub'yektlarining huquq hamda qonuniy manfaatlari himoyasini ta'minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hisobotini tingladilar.

Hisobotda keltirilishicha, Bosh prokuraturaning Murojaatlarni kechayu kunduz qabul qiluvchi markazi tashkil etilganidan buyon (2015 yil 1 iyul) markaz telefonlariga 19 mingdan ziyod murojaat kelib tushdi. Ular bo‘yicha prokuror tomonidan tegishli chora-tadbirlar ko‘rildi.

Hisobot davrida prokuratura organlari tomonidan deyarli 16 ming nafar tadbirkorlik sub'yektining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan ularga amaliy yordam ko‘rsatildi. Tadbirkorlarni himoya qilishga qaratilgan nazorat tadbirlari natijasida ularning foydasiga 13 milliard so‘m undirish to‘g‘risida sudlarga 764 ta ariza kiritildi, 6220 nafar tadbirkorning huquqlari tiklandi.

Top