23:36 / 05.12.2015
11469

Erdo‘g‘on Turkiya Rossiyaning o‘rniga boshqa energetika bilan ta'minlovchi topishiga va'da berdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an turklar Rossiya o‘rniga boshqa energetika ta'minotchisi topa olishiga va'da berdi. Bu haqda The Daily Star nashrida yozilgan.

"Boshqa ta'minotchini topishimiz mumkin", degan prezident.

Rossiyaning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan davlatlar sifatida Qatar va Ozarbayjon davlatlari nomi aytilgan.

Biroz oldinroq, Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘li Turkiya Ozarbayjondan gaz sotib olish hajmi oshirilishi haqida ma'lum qilgandi.

Shu vaqtgacha, Rossiya Turkiyaga eng katta gaz yetkazib beruvchilardan biri hisoblanardi.
24 noyabrda Turkiyaning F-16 qiruvchi harbiy samolyoti Rossiyaning Su-24 harbiy bombardimonchi samolyotini Suriyada urib tushirgandan keyin, Turkiya va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar sovuqlashdi. Rossiya prezidenti Putin bu harakatdan keyin milliy xavfsizlikni ta'minlash chora-tadbirlari va Turkiyaga nisbatan maxsus iqtisodiy choralarni qo‘llash to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi va Rossiya hukumati ushbu farmonni rivojlantirish to‘g‘risidagi qarorini 2015 yil 1 dekabr kuni e'lon qildi.

Top