23:20 / 05.12.2015
8003

Iroq o‘z hududidagi Turkiya harbiylari ustiga yurish qilish bilan tahdid soldi

Iroq Mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi rahbari Hakim al-Zamili turkiyalik harbiylar mamlakat hududini tark etmasa, ularga nisbatan harbiy chora ko‘rilishi bilan ogohlantirdi. Bu haqda Voice of Iraq xabar tarqatgan.

Al-Zamalining aytishicha, qo‘mita tomonidan Iroq bosh vaziri Haydar al-Abadiy nomiga turkiyalik harbiylar ustiga aviatsiya orqali zarba berilishi tavsiya qilingan maktub yuborilgan.

U ayni vaqtda Turkiya harbiylari joylashgan hududni "xorijiy askarlar tomonidan bosib olingan hudud" sifatida baholagan. Uning qayd etishicha, Mosul yaqinida Turkiyaning 1000 nafar atrofidagi harbiysi hamda o‘nlab tanklar va boshqa texnikalari joylashgan.

Biroz oldinroq, Iroq prezidenti Turkiyaning o‘z mamlakatiga kirishini xalqaro normalarni buzilishi deya atagandi.

Top