09:42 / 05.12.2015
2038

Jon Lennonning gitarasi auksionda 910 ming dollarga sotildi

Rickenbacker tomonidan ishlab chiqilib, The Beatles guruhi a'zosi Jon Lennon tomonidan foydalanilgan gitara Julien's Auctions auksion uyida 910 ming dollarga sotildi. Bu haqda tashkilot saytida ma'lum qilindi.

Ushbu gitara Lennonga guruhning boshqa a'zosi Ringo Starr tomonidan sovg‘a qilingan.
Bundan tashqari, auksionda The Beatles a'zosi Ringo Starrning barabani ham sotuvga qo‘yildi. Associated Press ma'lumotiga ko‘ra, uni Indianapolis Colts futbol jamoasining xo‘jayini Jim Irsey 2,2 million dollarni sotib oldi.

Ikki kun davom etgan auksion savdolarida Starr va uning turmush o‘rtog‘i Barbara Baxga tegishli bo‘lgan 800ta buyum savdoga qo‘yildi. Daromadlarning bir qismi xayriya qilinishi aytildi.
2015 yilda Ringo Starr 75 yoshni qarshi oldi. Liverpul to‘rtligining so‘nggi «Let It Be» albomi chiqqaniga esa 45 yil bo‘ldi.

Top