23:51 / 05.12.2015
4430

London hayvonot bog‘i sher bilan bir qafasda yashab ko‘rishni taklif qilmoqda

London hayvonot ma'muriyati yirik pul evaziga Osiyo sheri bilan bir qafasda yashab ko‘rishni taklif qilishmoqda. Buyurtmalar tushishi allaqachon boshlanib ketgan.

Ayni damda sher qafasi ichida unda yashash istagini bildiruvchi uchun uycha qurilmoqda. Ma'muriyatning ma'lum qilishicha, unga birinchi mehmon kelayotgan yilning may oyidan boshlab yashashi mumkin. Chiptalar 5 dekabrdan boshlab sotilishni boshlagan.

Tur shundan iborat: qafasga tashrif buyuruvchi hashamatli kechki ovqatdan bahramand bo‘ladi va atrofida sher aylanib yuruvchi uychada tunab qoladi (albatta, uycha sher hujum qiladigan darajada yaqin etib qurilmagan). Bundan tashqari, ertalab, hayvonot bog‘i ochilgunga qadar boshqa hayvonlarni tomosha qilish ham mumkin bo‘ladi. Odamlar to‘dasi sizga halaqit bermaydi.

Bu sayohatning narxi 523 yevro. Uyda to‘qqiz mehmonga mo‘ljallangan va maxsus to‘siqlar bilan to‘silgan uychalar mavjud, deb ma'lum qilmoqda The Daily Mail.

Top