09:45 / 06.12.2015
5775

La Liga, 14-tur: "Barselona" ochko yo‘qotdi, "Atletiko" g‘alabali seriyasini davom ettirdi

Ispaniya chempionatining 14-turi doirasida kechgan "Valensiya" hamda "Barselona" klublari o‘rtasidagi uchrashuvda durang hisobi qayd etildi.

Birinchi bo‘limda hisob ochilmadi.

O‘yinning 59-daqiqasiga kelib Luis Suares hisob raqib darvozasini ishg‘ol qildi va o‘zining ketma-ket 8 o‘yinidagi golini nishonladi.

Kataloniyaliklar shundan so‘ng xotirjamlikka berilishdi va bu o‘z oqibatini ko‘rsatdi. O‘yinning oxirgi dekadasida mezbonlar faollikni oshirishdi. 86-daqiqada Santi Mina javob golini yo‘lladi - 1:1.

Shu tariqa, “Barselona” bu durangdan keyin o‘z ta'qibchilarini ortda qoldirib keta olmadi.

"Atletiko" esa bu turda "Granada"ga safar uyushtirdi va 2:0 hisobidagi g‘alaba qozonib, ochkolari sonini 32taga yetkazib oldi. Uchinchi o‘rinda "Real" 30 ochko bilan joylashgan.

Ispaniya chempionati, 14-tur

Valensiya – Barselona 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 0:1 – 59 Suares, 1:1 – 86 Santi Mina.
Valensiya – Domenek, Ruben Vezu, Aderlan Santos, Abdennur, Gayya, Danilo, Parexo, Peres (Bakkali, 73), Santi Mina (Tropi, 88), Pako Alkaser, de Paul (Pyatti, 83).
Barselona – Bravo, Dani Alves, Pike, Maskerano, Alba, Rakitich, Buskets, Inesta, Messi, Suares, Neymar.
Ogohlantirishlar: Maskerano (16), Parexo (70), Danilo (77), Gayya (87).

Granada – Atletiko 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 20 Godin, 0:2 – 76 Grizmann.
Granada – Fernandes, Baben, Biragi, Fulke, Lomban, Peres, Riko (Piti, 77), Rochina, Saksess, Penyaranda (Ibanes, 63), El-Arabi (Lopes, 80).
Atletiko – Oblak, Ximenes, Filipe Luis, Xuanfran, Godin, Saul (Oliver Torres, 63), Gabi, Koke, Ferreyra Karrasko (Tomas, 80), Grizmann, Torres.
Ogohlantirishlar: Fulke (19), Riko (28), Saul (40).

Top