12:12 / 06.12.2015
4095

Nevill "Valensiya" rahbariyatiga qaysi futbolchini sotib olish kerakligini aytdi

"Valensiya" jamoasiga yangi bosh murabbiy sifatida tayinlangan Gari Nevill qishki transferlar vaqtida "Lester" jamoasi hujumchisi Jyeymi Vardini Ispaniyaga olib o‘tmoqchi. Bu haqda Britaniyaning Daily Star nashrida xabar qilingan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada "Valensiya" "MYu"ning sobiq futbolchisi Gari Nevillni jamoaga yangi bosh murabbiy sifatida tayinladi. Nevill kecha Vigoga bordi va jamoaning "Barselona"ga qarshi uchrashuvini tribunadan turib kuzatdi.

U rahbariyat bilan uchrashuvi vaqtida ayni vaqtda "Lester" safida yorqin o‘yin namoyish etayotgan va APL to‘purari bo‘lib turgan 28 yoshli hujumchi Jyeymi Vardini transfer qilish kerakligini aytgan.

Ma'lumot uchun, Vardi joriy mavsumning 15 turida 14ta gol urgan, shuningdek, ketma-ket 11 uchrashuvda maydonni golsiz tark etmagan holda liga rekordini o‘rnatgan.

Biroz oldinroq, "Lester" rahbariyati o‘zining bu futbolchisi uchun kamida 30 million funt olmoqchi ekanini bildirgandi.

Unga "Barselona" va "Real" jamoalaridan ham qiziqish bildirilgan.

Top