07:51 / 06.12.2015
2621

Pitstsa yetkazib beruvchi mijoz iti deb o‘qotar jarohat oldi

AQShning Ogayo shtatidagi Tolido shahrida pitssa yetkazib beruvchi mijoz iti deb o‘qotar jarohat oldi, deb xabar bermoqda WTOL 11 nashri.

Shahar politsiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, Rayan Brill ismli pitssa yetkazib beruvchi manzillardan biriga pitssa olib borgan. Uy egasi Antoni Vulfning aytishicha, uning quroli Brillga tasodifan otib yuborgan. Uy egasining iti stol ustidagi to‘pponchani polga itqitib yuborgan va shundan keyin u polga urilib, zarbdan otib yuborgan.

Pitstsa yetkazib beruvchi oyog‘idan jarohat oldi. Qayd etilishicha, jarohat jiddiy bo‘lmagan, shuning uchun jabrlanuvchi tez orada tuzalib, yana ishiga qaytishi mumkin.

Top