14:32 / 06.12.2015
21086

Qora qit'aning eng go‘zal inshootlari

1950-60-yillarda bir qator Afrika davlatlari Yevropa mamlakatlaridan o‘z erkinliklarini talab qilishdi va ko‘p o‘tmay mustaqilikka erishishdi. O‘sha paytdagi me'morchilik o‘sha kunlarning esdaligi bo‘lib qoldi hamda Afrika xalqining yangi kelajak va yangi davr tomon intilishini ko‘rsatdi.

Sovuq ko‘rinishdagi shaklli me'morchilik tizimi o‘sha paytlarda o‘ylab topilgan eng g‘aroyib uslub bo‘lib, uni issiq iqlimli joylarda qurilishi ikki baravar g‘aroyib tuyulardi. Bu inshootlarning loyihasi sobiq xo‘jayinlar ya'ni inglizlar, fransuzlar, italyanlar tomonidan tuzulganligi sabab uzoq vaqt davomida mahalliy aholining ularni tomosha qilish imkoni bo‘lmagan. Bugungi kunga kelib, Germaniyaning Reyndagi Vayl shahri “Vitra” dizayn muzeyida ommaga ularning maketlari taqdim etildi. Hozir bu inshootlarni o‘z uslubidagi eng ajoyiblari, deb e'tirof etish mumkin.

“Piramida”, Abidjan, Fil suyaklari qirg‘og‘i

Me'mor: Rinaldo Oliveri

 

Italiyalik me'morning aytishicha, milliy uslubda modellashtirilgan bu inshoot savdo markazini jonlantirish maqsadidabunyod etilgan. “Piramida” tugallanishi arafasida hayratlanarli darajada ko‘rinish oldi. Lekin kutilgan natijani bermadi.

“Ivoire” mehmonxonasi, Abidjan, Fil suyaklari qirg‘og‘i

Me'morlar: Xaynts Fenxel va Tomas Layterdorf

 

Uni ma'joziy ma'noda ko‘tarilish va qulash mehmonxonasi desa ham bo‘ladi. Mehmonxona ochilganidan so‘ng biznesmen va boy sayyohlarning e'tiborini o‘ziga jalb etdi. Va aynan ko‘tarilish ramziga ega bo‘ldi. Ammo keyinroq 90-yillarda mamlakatda davlat to‘ntarishi sodir bo‘ldi. Muxolifatchilar inshootni o‘zlariga shtab qilib olishdi. 2004 yilda esa Fransiya armiyasi tomonidan uning devorlari ostida bir qancha afrikalik qo‘zg‘olonchilar otib o‘ldirildi. Hozirgi kunga kelib, mehmonxona o‘z mavqeni tiklamoqda.

“Independence” mehmonxonasi, Dakar, Senegal

Me'morlar: Anri Shomett va Rolan Depre

 

Senegalni bir paytlar koloniya qilingan davlatlar orasidagi eng rivojlangani desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Afrika turli kasalliklar va zo‘ravonliklar joyi emasligiga mana shu mehmonxona yaqqol misol bo‘la oladi.

“Kenyatta” xalqaro anjumanlar markazi, Nayrobi, Keniya

Me'mor: Karl Xenrik Nestvik

 

1973 yilda ochilgan “Kenyatta” ulkan iqtisodiy markazga aylandi. Bu yerda xalqaro valyuta fondi, umumjahon banki o‘z se'zdlarini o‘tkazdi. Bu Keniyani mustaqil davlat va uni jahon xaritasida o‘z o‘rniga ega ekanligini ko‘rsatib qo‘ydi. Inshootning o‘zi esa Nayrobidagi eng ko‘zga tashlanadigani bo‘lib qoldi.

FIDAK Dakar xalqaro ko‘rgazmasi, Dakar, Senegal

Me'morlar: Jan Fransua Lamure va Jan-Lui Marin

 

Afrikaning ko‘pgina ozod davlatlari o‘zlarini koloniya bo‘lib turgan paytlarida chet el loyihalaridan va xorij mutaxassislaridan foydalanib, o‘z milliy me'morchiligini amalga oshirishgani bor gap. Bu gap Senegalga ham taaluqli. Senegalning birinchi prizedenti Leopold Sedar Sengor asli shoir bo‘lib, u birinchi navbatda aynan san'atni rivojlantirishga harakat qilardi. FIDAK majmuasi aynan o‘sha davrda barpo etilgan.

Mustaqillik arkasi, Akkra, Gana Respublikasi

Me'morlar: Jamoatchilik ishlari departamenti

 

1957 yilda Gana mustaqilligiga atab ushbu majmua qurilishi boshlandi. Bu arka yangi davrning boshlanishi degan ma'noni anglatadi. Shu vaqtdan boshlab Gana yoshlari nafaqat mustaqil davlatda balki dunyoning rivojlanayotgan mamlakatlaridan birida yashayotganliklarini his etishlari uchun ham shu inshoot barpo etilgan.

Zambiya Universiteti, Lusaka, Zambiya

Me'mor: Julian Elliott

 

Bu ajoyib universitet qurilishining ozroq g‘amgin tarixi bor. 1960 yilda Zambiya rahbarlari bu inshootni barpo etish uchun isroillik mutaxassislarni taklif etishadi. U paytlarda ikki mamlakat o‘rtasida iliq munosabat bor edi. Keyinchalik o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqib, Isroilni bu ishdan chetlatishadi. Hozirgacha bu inshootning ayrim qismlari tugallanmay qolgan.

KNUST muhandislar maktabi, Kumasi, Gana Respublikasi

Me'mor: Jyeyms Kyubitt

 

Gananing birinchi prizedenti Kvame Nkrumani, birinchi navbatda, xalqning ziyoli bo‘lishi qiziqtirardi. Buni biz o‘sha paytda mamlakatda qurilgan maktablar, universitetlar misolida yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Shulardan biri o‘z nomiga qo‘yilgan texnika universiteti qoshida ochilgan muhandislar maktabidir. Inshootning me'morchiligiga kelsak, bu model absolyut uslubida barpo etilgan.

“Mfantsipim” maktabi, Keyp-Kost, Gana Respublikasi

Me'mor: Fry, Drew & Partners

 

Maktab tarixidagi eng qiziq voqea bu maktab mamlakat mustaqilligidan oldin ishga tushirilgan. Lekin mustaqillikdan bir yil o‘tib, qurilish ishlari to‘liqligicha yakuniga yetkazilgan. Bo‘lib o‘tgan voqealarga maktab nazari bilan qarasangiz, xuddiki hech qanday o‘zgarish bo‘lmagandek go‘yo. Xammasi me'yordagidek. Yana kim bilsin?..

XABARDOR.UZ - Sarvar Anvar o‘g‘li tayyorladi.

Top