21:37 / 06.12.2015
3121

UYeFA prezidenti Platinidan korrupsiyaga oid ayblovlar olib tashlanishi mumkin

UYeFA prezidenti Mishel Platinidan korrupsiyaga oid ayblovlar olib tashlanishi mumkin, deya xabar bermoqda Le Figaro.

UYeFA arxividan 1998 yil 12 noyabr sanasi ko‘rsatilingan hujjat topilgan. Unga ko‘ra, Platini FIFAdan 1 mln shveysariya franki qiymatida maosh olishi ko‘rsatib o‘tilgan. Bu haqda FIFAning ijroya qo‘mitasi a'zolari xabardor bo‘lgan va hujjat sir saqlanmagan.
Bu hujjat Platinining FIFA prezidenti Yozef Blatterdan nima uchun 2011 yilda 1,8 mln yevro olganini ko‘rsatib beradi. Aynan mana shu o‘tkazilgan pullar sabab Platiniga korrupsiyaga aloqadorlik aybi qo‘yilgan edi.

Top