19:13 / 06.12.2015
27626

WikiLeaks: Erdo‘g‘an shaxsan o‘zi Rossiya samolyotini urib tushirishga buyruq bergan

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Suriyada IShIDga qarshi operatsiyada ishtirok etayotgan Rossiyaning Su-24 harbiy samolyotini urib tushirishga shaxsan o‘zi buyruq bergan. Bu haqda anonim xabardor manbaga iqtibos keltirgan holda WikiLeaks tvitterida ma'lum qilmoqda.

Ta'kidlanishicha, manba olgan ma'lumotlarini Fuat Ovniy niki ostida tvitterda chop etadi.

Xabarda aytilishicha, Erdo‘g‘an bu buyruqni samolyot urib tushirilishidan 6 hafta oldin bergan. Manbaning ta'kidlashicha, Turkiya prezidenti shu tariqa hukumatni birlashtirish va qo‘llab-quvvatlov olish uchun “Turkiyani Rossiya bilan urush yoqasiga qo‘ymoqchi” bo‘lgan.

Avvalroq Erdo‘g‘an agar Turkiya Su-24 samolyoti Rossiyaga qarashli ekanligini bilganda boshqacha yo‘l tutardi, deb aytgan edi.

Top