19:10 / 06.12.2015
7330

Xorazmda sex tashkil qilmoqchi bo‘lgan odam firibgarga qariyb ming dollar berib yubordi

Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi Qoraqosh qishlog‘ida yashovchi fuqaro Ya. Jumamurotov “Xonqa Qoraqosh” MMTP balansidagi yer maydonida tikuvchilik sexi tashkil qilish niyatida mutaxassislar bilan maslahatlashaman deb firibgarga yo‘liqdi. “Huquq” nashrining yozishicha, bunday ishlarni bitirishda “ustasi farang” deya o‘zini tanishtirgan Olim Otajonov o‘ljasidan 700 dollar olgan.

Keyinchalik u ishni bitirish, bu ishni bitirish singari bahonalar bilan Jumamurotovdan turli miqdordagi pulni olib kelgan.

Hech bunday “ishlar” bitmagach, Jumamurotov shubhalana boshlagan. Boshqalardan so‘rab-surishtirib, Otajonov ilgari ham qalloblik ustida qo‘lga tushganini aniqlagan.

Nihoyat, bu safar ham Otajonov undan pul so‘raganida tegishli tashkilotlarga murojaat qildi. Qallob undan 700 dollar va 800 ming so‘m olayotganida qo‘lga olindi.

Top