07:50 / 07.12.2015
4241

AQSh HHKda Suriya va Iroqda IShIDga qarshi kurashda o‘q-dorilar yetishmayotgani aytildi

AQSh Harbiy-havo kuchlari IShIDga qarshi 15 oylik kampaniya davomida 20 mingdan ko‘proq bomba va raketa sarfladi va buning oqibatida o‘q-dorilar yetishmovchiligi yuzaga keldi, deb xabar bermoqda AQSh HHK vakiliga iqtibos keltirgan holda CNN telekanali.    

Qayd etilishicha, AQSh harbiy aviatsiyasi Hellfire raketalarini sotib olish uchun qo‘shimcha mablag‘ so‘ramoqda. Xabarda HHK zaxiralarni tezroq to‘ldirish uchun qurol-aslaha ishlab chiqarishni oshirish bo‘yicha reja ishlab chiqayotgani ham ma'lum qilindi.   

AQSh HHK shtabi boshlig‘i Mark Uelsh ayni paytda “o‘q-dorilar to‘ldirilayotganidan ko‘ra tezroq sarflanayotganini” tasdiqladi.

Top