23:53 / 07.12.2015
8306

Estoniya prezidenti latviyalik amaldor ayol bilan nikohdan o‘tdi

Estoniya prezidenti Toomas Xendrik Ilves Latviya Mudofaa vazirligi xodimasi Iyeva Kuptse bilan nikohdan o‘tdi, deb xabar bermoqda Delfi nashri.

“Noyabr oyi o‘rtasida Toomas Xendrik Ilves va Iyeva Kuptse nikohdan o‘tdi. Bu ularning shaxsiy qarori bo‘ldi va Toomas Xendrik Ilvesning Estoniya prezidenti sifatidagi lavozim majburiyatlari bilan bog‘liq emas”, deb aytdi Ilves maslahatchisi Toomas Sildam.

Avvalroq Ilves o‘zining rafiqasi Evelin bilan ajrashgandi. Evelin 9 yil davomida mamlakatning birinchi xonimi bo‘lib kelgan.

Ta'kidlanishicha, bu nikoh Iyeva Kuptsening birinchi turmush qurishidir, biroq uning Latviyaning Gretsiyadagi elchisi Ivars Pundursdan o‘g‘li bor.

Top