07:27 / 07.12.2015
6420

Iroq Turkiyaga qo‘shinlarini olib chiqib ketish uchun 48 soat vaqt berdi

Bog‘dod agar Turkiya harbiylari Iroqni 48 soat ichida tark etmasa BMT Xavfsizlik kengashiga murojaat qiladi. Bu haqda Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiyga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.         

Avvalroq OAVlarda Anqara Iroq shimolida iroqlik kurd jangchilarini o‘qitish uchun 130 nafar harbiy yuborgani ma'lum qilingandi. Turkiya Qurolli kuchlari Iroqning tegishli ruxsatini olmay turib mamlakatga tank va zirhli mashinalarda kirib borgan.

Bog‘dod Anqaraning xatti-harakatlarini “bostirib kirish” deb baholagan va Turkiya hukumatidan zudlik bilan o‘z askarlarini Iroqdan olib chiqib ketishni talab qilgan.

Top