23:36 / 07.12.2015
2821

Rossiya va Eron yil oxirigacha Erondan boyitilgan uranni tabiiy uran evaziga olib chiqib ketadi

Rossiya va Eron yil oxirigacha Erondan boyitilgan uranni tabiiy uran evaziga olib chiqib ketadi. Bu haqda 7 dekabrda Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vladimir Voronkov Venada TASS axborot agentligi savoliga shunday javob berdi.

“Yil oxirigacha, aniq”, deb aytdi Voronkov va bu muddatda Erondan materiallar olib chiqib ketilishi ham, yetkazib berilishi ham yakunlanishini ta'kidlab o‘tdi.

Voronkovning aytishicha, Rossiya Eronga tabiiy uran va uran konsentrati yetkazib beradi. Voronkovning qo‘shimcha qilishicha, bitimni amalga oshirish detallari texnik darajada ishlab chiqilmoqda.

Venada qabul qilingan yadroviy dastur bo‘yicha kelishuvga ko‘ra, Eron 3,67 foizgacha boyitilgan uran zaxirasini 10 ming tonnadan 300 kg gacha kamaytirishi kerak. Eron ortiqcha boyitilgan uranni Rossiyaga boyitilmagan uran o‘rniga yetkazib beradi.

Voronkov Rossiya “oltilik” va Eron o‘rtasidagi kelishuvning amalga oshirilish bosqichi 2016 yil yanvarda boshlanishiga umid qilayotganini ta'kidlab o‘tdi.

Top