21:55 / 07.12.2015
5295

Toshkent shahrida qurilish ishlarida qalloblikka yo‘l qo‘ygan jinoiy guruh fosh etildi

Toshkent shahrida qurilish ishlarida qalloblikka yo‘l qo‘ygan jinoiy guruh fosh etildi. Bu haqda “Ogoh” nashri yozmoqda.

Aytilishicha, 1981 yili Toshkentda tug‘ilgan Vladimir Budnikov poytaxtidagi MChJlardan biriga direktor etib tayinlangach, boshqa bir firma direktori A. Ibratbekov bilan pudrat shartnomasini tuzgan. Ammo ular bu shartnoma orqali mablag‘ yashirib, pul ishlashga qaror qilishgan. Hujjat ishlarini to‘g‘irlash uchun ular sheriklikka kompaniya bosh muhandisi S. Masharipov va bosh hisobchi B. Budnikovlarni jalb qilishgan.

Qurilish ishlari yakunlangan, lekin buyurtmachi ishlarning sifatsiz amalga oshirilganini aniqlab, tegishli tashkilotlarga murojaat qilgan. Natijada smetada ko‘rsatilgan xarajatlarning aksariyat qismi mahsulotlarning narxi va xizmat to‘lovlariga mos kelmasligi aniqlandi. Bundan tashqari, yashirin faoliyat yo‘li bilan 11.7 mln so‘mlik soliq va majburiy to‘lovlar yashirilgani ma'lum bo‘ldi.
Yuqorida nomi tilga olingan qonunbuzarlar sud tomonidan tegishli jazoga tortildi.

Top