23:44 / 07.12.2015
14715

Turkiya TIV Rossiya elchisiga norozilik bildirdi

Turkiya TIV mamlakatdagi Rossiya elchisini chaqirtirdi va unga Bosfor bo‘g‘ozidagi harbiy kema bilan bog‘liq voqea yuzasidan norozilik bildirdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, rossiyalik harbiy xizmatchi kema bortida raketa uchirish moslamasini yelkasiga qo‘ygancha Istanbul fonida suratga tushgan. Turkiya hukumati bu harakatlarni ig‘vogarlik deb hisoblamoqda.

Avvalroq ehtimol Bosfor bo‘g‘ozida bortida raketa majmualari bo‘lgan “Tsezar Kunikov” kemasi suratlari olingani ma'lum bo‘lgandi.

Top