14:24 / 07.12.2015
6954

Xalqaro koalitsiya yanglishish oqibatida suriyalik askarlarga hujum qildi

AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiyaning aviahujumi natijasida uch nafar suriyalik harbiy halok bo‘ldi. bu haqda 7 dekabr kuni Suriyada inson huquqlarini kuzatuv kengashi (Syrian Observatory for Human Rights) vakillari ma'lum qilgan, deb xabar bermoqda Reuters.

Zarba IShID jangarilari nazorati ostida bo‘lgan Dayr az-Zavr viloyatidagi hududlarga berilgan. Huquq himoyachilarining fikricha, kolatsiya aviazarbasi ostiga Ayyash shahridan uncha uzoq bo‘lmagan mamlakat harbiylari qarorgohining bir qismi ham qolgan.

Natijada 14 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lgan. Tashkiotning ma'lum qilishicha, bu xalqaro koalitsiyaning Suriyada boshlagan harbiy operatsiyalari davomidagi birinchi holatdir.

Top