13:50 / 08.12.2015
6471

Eron ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi

Eron o‘rta masofaga mo‘ljallangan ballistik raketalarning yangi sinovini o‘tkazdi. Bu haqda 8 dekabr kuni Fox News telkanali Amerikaning yuqori lavozimli amaldori ma'lumotiga asoslangan holda xabar berdi. Telekanal suhbatdoshi sinovlar BMTning ikkita rezolyutsiyasiga zid ekanini eslab o‘tdi.

Razvedka ma'lumotlariga ko‘ra, sinovlar 21 noyabr kuni mamlakat janubi-sharqida, Pokiston chegarasi yaqinidagi Chabaxar shahri atrofida o‘tkazilgan. Parvoz Ummon qo‘ltig‘i bo‘ylab joylashgan poligonda bo‘lib o‘tdi.
Yadro kallagini tashish imkoniyatiga ega “Gadr-110” raketasi 1200 mil (19 ming km) masofaga parvoz qila oladi.

Mazkur tashuvchi “Shaxab 3”ning modifikatsiyalangan namunasi hisoblanadi.
AQShning BMTdagi vakili sinovga oid dalil hamda Tehronda bu kabi tashuvchi mavjudligidan o‘z xavotirini bildirgan.

Top