21:09 / 08.12.2015
4499

Fox News telekanalining ikki sharhlovchisi Obama haqidagi nojo‘ya so‘zlari uchun ishidan chetlatildi

Oq uyda Fox News telekanalining ikki sharhlovchisining AQSh prezidenti Barak Obama haqidagi keskin so‘zlari uchun ikki haftaga ishidan chetlatilganiga izoh berilmadi, deb xabar bermoqda mahalliy OAVlar.

“Avvalroq Fox News xodimlari – podpolkovnik Ralf Piters va Steysi Desh turli ko‘rsatuvlarda ishtirok etayotib, jonli efirda yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan va nojoiz sharhlar aytishdi”, deb aytdi telekanal vitse-prezidentlaridan biri Bill Shaynon.

Piters va Desh telekanalning juda muhim tahlilchilari hisoblanadi. Ular Obamaning mamlakatga murojaatiga sharh berish davomida qo‘pol so‘zlar ishlatishgan. 

Piters prezidentni “dushmanlarga tegishni istamasligini”, Desh esa Obamaning bosh mavzuga beparvoligini tanqid qildi.  

Ko‘rsatuv boshlovchisi Styuart Varni tahlilchilarni bo‘lib, ular ko‘rsatuvda “bunday tildan” foydalana olmasliklaridan ogohlantirdi.

Keyinroq Piters o‘z so‘zlari uchun uzr so‘ragan.

“Men jahlimga erk berganim uchun kechirim so‘rayman. Biroq mening fikrimcha, amerika xalqi meni tushunadi. Men noto‘g‘ri so‘zlarni tanladim, biroq mening tuyg‘ularimga ko‘pchilik qo‘shiladi”, deb aytdi Piters.

Steysi Desh esa vaziyatga o‘z tvitterida izoh bergan.

“Oqibatlar. Ba'zilar to‘lashga majburlar. Bajonidil” deyilmoqda xabarda.

CNN telekanalining ma'lum qilishicha, Fox News telekanali ko‘pincha Obamani tanqid qiladi, iroq vazminlik bilan, uning efirida kam hollarda beadab va qo‘pol so‘zlar ishlatiladi.

Obama o‘z nutqida San-Bernardinodagi otishma tergovi bo‘yicha ma'lumotlar bergan hamda kongressni mamlakatda avtomatik qurol sotishni cheklashga chaqirdi.

Top