16:16 / 08.12.2015
8670

Independent: Buyuk Britaniya xristian davlati maqomidan judo bo‘lishi mumkin

Buyuk Britaniyada xristianlik tarafdorlari soni kun sayin kamayib bormoqda, shu bois kelajakda u plyuralistik davlatga aylanishi mumkin. Bu haqda The Independent nashri yozmoqda.
Shu bilan bog‘liq ravishda ekspertlar guruhi davlatning asosiy marosimlarini o‘zgartirishni taklif qilmoqda. Toj kiydirish marosimi shular jumlasidandir. Shuningdek, lordlar palatasida yepiskoplar sonini qisqartirish, boshqa din yetakchilariga yo‘l ochish taklif qilinmoqda.

Ikki yillik tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, ayni paytda britaniyaliklarning 40 foizigina o‘zlarini xristian deb hisoblaydi. Islom, hindaviy va sikxiy dinlari Buyuk Britaniyada eng keng tarqalgan dinlar ro‘yxatida yahudiylikdan o‘tib ketdi.

Bundan tashqari, oxirgi 30 yil ichida ateistlar va o‘zini hech qanday diniy konfessiyaga mansub deb hisoblamaydiganlar soni oshib bormoqda. Agar 1983 yili britaniyaliklarning uchdan bir qismi bunday pozitsiyada turgan bo‘lsa, 2014 yilda fuqarolarning yarmi o‘zlarini ateist va agnostik deb atadi.

Top