20:14 / 08.12.2015
3522

National Geographic talqini bo‘yicha 2016 yildagi eng yaxshi qishgi yo‘nalishlar nomi e'lon qilindi

National Gegraphic (NG) jurnali talqini bo‘yicha 2016 yildagi eng yaxshi qishgi yo‘nalishlar nomi e'lon qilindi. Uni tayyorlash bo‘yicha muharrirlarning eng afzal deb hisoblaganlari inobatga olindi. Ma'lum qilinishicha, ro‘yxatdagi nomlar tartibbo‘yicha berilmagan.

Kuchli o‘ntalikka ikkita Yevropa yo‘nalishi — Vilnyus va Dublin kirdi.

Amerikadan ushbu ro‘yxatga Santa-Barbara (AQSh), Merida (Meksika), Chiloe orollari (Chili) va San-Xuan (Puerto-Riko) kirdi.

NG talqini bo‘yicha Afrika qit'asidagi Xluxluve-Umfolozi milliy parkini (JAR) kuchli beshtalikda ko‘rish mumkin.

Ro‘yxatdan Osiyo qit'asi bo‘yicha Tayvanning Taybeyi va BAAning Al-Ayni joy olgan.
Okeaniya mintaqasidan esa 2016 yilgi qishgi yo‘nalish sifatida Kuka — Rarotonga yirik oroli ko‘rsatib o‘tilgan.

Ma'lumot uchun, jurnalda keltirilishicha, ushbu manzillarning o‘ziga xosligi bo‘lib, ularning har biri o‘zida mavjud xususiyatlar bilan xarakterlangan.

Top