22:45 / 08.12.2015
4216

Olimlar Facebook ni ayollar salomatligi uchun xavfli deb topishdi

Amerikalik olimlar 11 ming nafar ikki jins vakillari o‘rtasida tadqiqot olib borishdai va yakunda Facebook ijtimoiy tarmog‘ini ayollar salomatligi uchun zararli deb hisoblashdi.

Gap shundaki, ayollar o‘z ko‘rinishini o‘zga ayollar bilan taqqoslashadi. Agar taqqoslash salbiy tomonga o‘zgarsa, unda ayollar qattiq stress olishadi. Facebook ijtimoiy tarmog‘idan foydalanuvchi ayollar esa o‘zlarining faqatgina eng yaxshi suratlarini joylashtirishadi.

Kuchli jins vakillariga esa bu ta'sir etmasligi ayon bo‘ldi.

Tadqiqot ishtirokchilari ikki guruhga bo‘linishdi. Birinchi guruh ijtimoiy tarmoqdan foydalanishni davom ettirdi, ikkinchi guruh esa undan foydalanmay qo‘ydi.

Oradan bir hafta o‘tgach, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni rad etganlarning hayotdan qoniqish darajasi sezilarli yuqoriladi. Ulardan 88 foizi o‘zlarini juda baxtli his qilishgan.

Top