10:14 / 08.12.2015
3705

Pak Kin Xe: Agar mamlakat fuqarolari jangarilardan zarar ko‘rsa, bunga faqat deputatlar aybdor bo‘ladi

Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe mamlakat milliy yig‘ilishini terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha qonun qabul qilishga chaqirdi, deb xabar bermoqda “Renxap”.

U mamlakat vazirlar mahkamasiga murojaati chog‘ida ayrim qonunlarning mavjud emasligi sabab Janubiy Koreya boshqa davlatlar bilan bu borada hamkorlik qila olmaydi.

“Hatto IShID ham Janubiy Koreyada terrorizm bilan kurash bo‘yicha qonunchilik bazasi mavjud emasligini biladi”, — dedi Pak Kin Xe.
Uning so‘zlariga ko‘ra, agar mamlakat fuqarolari jangarilardan zarar ko‘rsa, bunga faqat parlamentdagi deputatlar aybdor bo‘ladi.

Top