01:17 / 08.12.2015
2937

Pentagon: Somali terrorchilarining boshliqlaridan biri yo‘q qilindi

Amerikalik harbiylarning ma'lum qilishicha, aviazarbalar natijasida Somalidagi “Ash Shabbob” terrorchilik harakati boshliqlaridan biri yo‘q qilingan. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Petagonda ma'lum qilishganidek, terrorchilarning boshlig‘i 2 dekabrdagi aviazarbalar natijasida halok bo‘lgan. Harbiylar buni terrorchilarga berilgan “sezilarli zarba” deb baholagan.

Avvalroq AQSh davlat departamenti “Ash Shabbob” terrorchilik harakatining boshliqlari haqidagi ma'lumotga uchun pul mukofoti e'lon qilgan edi. Olti rahbar uchun 3 mln dan 6 mln dollargacha pul mukofoti e'lon qilingan.

Top