19:13 / 08.12.2015
6606

Rossiya O‘zbekiston va Turkmaniston bilan gaz bo‘yicha hukumatlararo kelishuvlarni bekor qilmaydi

Rossiya O‘zbekiston va Turkmaniston bilan gaz yetkazib berilishi bo‘yicha hukumatlararo kelishuvlarni bekor qilishni rejalashtirmayapti, deb aytdi “Gazprom” boshqaruv raisi o‘rinbosari Valeriy Golubev “Gaz Rossii” anjumanida jurnalistlarga.

Golubev Markaziy Osiyodan gaz xarid qilishning joriy hamjlari bo‘yicha savolga xaridlar joriy gaz balansidan kelib chiqib amalga oshirilayotgani aytdi va aniq raqamlarni keltirmadi.

Golubevning ta'kidlashicha, Turkmaniston “narx o‘zgarishlari borasida kelishishni istamayapti”.

Turkmanistondan gaz yetkazib berilishi bo‘yicha shartnoma yuqori narxlarda tuzilgan edi, biroq o‘shandan beri gaz narxlari pastlab ketdi va Turkmanistondan gaz sotib olish “Gazprom”ga norentabel bo‘lib qoldi.

Biroq Golubev kompaniya bu davlatlardagi hamkorlar bilan munosabatlarni uzishni istamayotganini ta'kidlab o‘tdi.

Top