09:56 / 08.12.2015
4971

Tojikistondagi zilzila natijasida 1 kishi nobud bo‘ldi, 10 kishi jarohat oldi

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Tojikistonning Tog‘li Badaxshon muxtor viloyatida sodir bo‘lgan zilzila natijasida bir kishi nobud bo‘lgan, o‘n kishi esa jarohatlangan. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Mamlakat favqulodda vaziyatlar va fuqaro mudofaasi qo‘mitasida ma'lum qilishlaricha Dushanbe-Xorog trassasining 462 kilometrida toshlar qulashi natijasida yuk avtomobili haydovchisi halok bo‘lgan. Beshinchi kilometrda tosh ko‘chkisiga yana ikkita yuk mashinasi duchor bo‘lgan.
Hudud jiddiy moddiy talofat ko‘rgan. Turar-joy binolari va xo‘jaliklar zarar ko‘rgan.

Top