08:17 / 09.12.2015
2605

YeChL, D guruhi: "Manchester Siti" birinchi, "Yuventus" ikkinchi bo‘ldi

"D" guruhida so‘nggi tur uchrashuvlari Manchesterning "Manchester Siti" va Menxengladbaxning "Borussiya" hamda Ispaniyaning "Sevilya" va Italiyaning "Yuventus" jamoalari o‘rtasida o‘tkazildi.

Birinchi uchrashuvda inglizlar 4:2 hisobida g‘alabaga erishdi."Sevilya" va "Yuventus" qarama-qarshiligida esa ispanlarning qo‘li baland keldi. O‘yindagi yagona gol "Yuventus" darvozasiga jamoaning sobiq futbolchisi Fernando Lorente tomonidan urildi.

D guruhi
Manchester Siti – Borussiya M 4:2 (1:2, 3:0)
Gollar: 1:0 – 16 Silva, 1:1 – 19 Korb, 1:2 – 42 Raffael, 2:2 – 79 Sterling, 3:2 – 81 Sterling, 4:2 – 85 Boni.
Manchester Siti – Xart, Otamendi, Kolarov, Klishi (Sanya, 80), Mangalya, Sterling, de Bryuyne (Navas, 65), Ture, Delf (Boni, 65), Silva, Fernandino.
Borussiya M – Zommer, Kristensen, Vendt (Azar, 84), Elvedi, Korb, Nordtveyt, Djonson (Drmich, 72), Djaka, Daud (Shults, 67), Shtindl, Raffael.

Sevilya – Yuventus 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 65 Lorente.
Sevilya – Riko, Tremulinas, Rami, Kolodzeychak (Mariano, 57), Koke, Konoplyanka (Kron-Deli, 68), Krixovyak, Nzonzi, Banega, Vitolo, Lorente (Gameyro, 77).
Yuventus – Buffon, Lixtshtayner (Kuadrado, 76), Bonuchchi, Kellini, Aleks Sandro, Pogba, Markizio, Sturaro, Bardzali, Dibala, Morata.
Ogohlantirishlar: Aleks Sandro (38), Sturaro (49).

Top