07:50 / 09.12.2015
3391

YeChL, V guruhi: «Manchester Yunayted» safarda «Volfsburg»dan mag‘lub bo‘ldi va YeChLni tark etdi

8 dekabr kuni o‘tkazilgan Chempionlar ligasi musobaqasining guruh bosqichi so‘nggi turida "Manchester Yunayted" klubi safarda "Volfsburg"dan mag‘lubiyatga uchradi va musobaqadan chiqib ketdi.

Uchrashuvda "Volfsburg" 3:2 hisobida g‘alabaga erishdi. Garchi hisob Marsyal tomonidan ochilgan bo‘lsada, Naldo va Viyeyrinya tezda javob gollarini kiritib, nemis klubini hisobda oldinga olib chiqishdi.

"MYu"ga o‘yinning 82-daqiqasida Gilavogi kiritgan avtogol ham yordam bermadi. Oradan ikki daqiqa o‘tar, o‘tmas Naldo dubl qayd etib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Shuningdek "Manchester Yunayted"ga TsSKA klubi ham yordam bera olmadi. Agar moskvaliklar PSVni mag‘lubiyatga uchrata olishganida, "MYu"da guruhdan chiqish imkoniyati paydo bo‘lar edi. Ammo bu o‘yinda TsSKA mag‘lub bo‘ldi va to‘rtinchi o‘rinda qoldi.

YeChL, V guruhi, 6-tur
Volfsburg – Manchester Yunayted 3:2 (2:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 10 Marsyal, 1:1 – 13 Naldo, 2:1 – 29 Viyeyrinya, 2:2 – 82, avtogol Gilavogi, 3:2 – 84 Naldo.
Volfsburg – Benalo, Dante, Naldo, Rodriges (Shefer, 16), Viyeyrinya (Kloze, 78), Shyurrle, Arnold, Draksler (Kalidjuri, 85), Gilavogi, Tresh, Kruze.
Manchester Yunayted – De Xea, Smolling, Varela, Darmian (Bortuik-Djyekson, 43), Blind, Fellayni, Shvaynshtayger (Kerrik, 69), Mata (Pauell, 69), Lingard, Depay, Marsyal.
Ogohlantirishlar: Darmian (17), Shyurrle (59), Naldo (72), Varela (90).

PSV – TsSKA 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 0:1 – 76, penalti Ignashevich, 1:1 – 78 de Yong, 2:1 – 85 Propper.
PSV – Zut, Xendriks, Moreno, Bruma, Guardado, Pereyro (Bergveyn, 85), Propper, Izima-Miren, Brenet, Lokadiya, de Yong.
TsSKA – Akinfeyev, Ignashevich, Berezutskiy, Nababkin, Toshich, Tsaunya, Natxo, Vernblum, Zagoyev, Musa, Dumbiya.
Ogohlantirishlar: Vernblum (36), Nababkin (56), Pereyro (66), Guardado (75), de Yong (75), Tsaunya (77), Bruma (83).

Top