14:50 / 09.12.2015
16350

OAV: Bag‘dodiy Liviyaga ko‘chib o‘tdi

IShID rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiy Liviyaga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda Eronning FARS agentligi xabar bermoqda.

Aytilishicha, bundan oldin Bag‘dodiy Turkiyada berkinib yurgan. Bag‘dodda joylashgan muvofiqlashtiruvchi markaz uni yo‘q qilishga bir necha marta yaqinlashib qolgan, shu bois terrorchilar yetakchisi qochishni afzal ko‘rgan.
Ayni paytda u Muammar Kaddafining ona shahri Sirtda turgani aytilmoqda.

Top