10:33 / 09.12.2015
3563

OAV: Pekindagi ekologik vaziyat yaxshilanmayapti

Xitoy poytaxtini qoplagan smog shaharni haligacha qo‘yib yubormayapti. Dushanba kuni ekologik tahdidning qizil, ya'ni eng yuqori darajasi e'lon qilingan edi. Mahalliy matbuotda ta'kidlanishicha, shahar ma'muriyati ko‘rayotgan choralar va tunda yoqqan yomg‘ir vaziyatni o‘zgartirmagan.

Atmosferadagi mayda zarralar miqdori ko‘rsatkichlari hali-hamon halokatli darajada yuqoriligicha qolmoqda. Shaharning ayrim tumanlarida bu ko‘rsatkich 1 kubometrga 300 mikrogrammdan ortiq RM 2.5 qattiq mikrozarrasini tashkil qilmoqda. Bu inson hayoti va sog‘lig‘iga jiddiy tahdid soladi.

Top